Kapello Ronalduni Messi, Maradona va Ronaldu bilan solishtirmadi

Rossiya terma jamoasi hamda Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Italiyalik mutaxassisning aytishicha, Ronaldu buyuk toʻpurar va juda kuchli sportchi. Biroq Kapello Krishtianuda Messi, Maradona va Ronaldu darajasidagi tabiiy daho jihat yetishmasligini taʼkidlab, uni ushbu uch futbolchi bilan qiyoslab bo‘lmasligini aytdi. Mutaxassisning soʻzlarini A Bola keltirdi.
40 yoshli Ronaldu hozirda Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasida to‘p surmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan, transfer qiymati esa 12 million yevroga baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing