Shlotterbek Dortmunddan faqat Real uchun ketishga tayyor

Dortmundning «Borussiya» klubi himoyachisi Niko Shlotterbek yozgi transfer oynasida jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bild xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga Madridning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda. Shlotterbek esa «Borussiya»ni tark etishga faqat «Real» variantida rozi bo‘lishga qaror qilgan. «Asalarilar» himoyachini 40–50 million yevro atrofida sotishi mumkin.
Shlotterbek 2022 yilda «Frayburg»dan Dortmund klubiga 20 million yevro evaziga o‘tgandi. Uning shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha turnirlarda 26 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing