date

Yuventus Kalulyuni APL grandiga berishni xohlamayapti

Yuventus Kalulyuni APL grandiga berishni xohlamayapti

Turinlik «Yuventus» markaziy himoyachi Pyer Kalulyu bilan xayrlashmoqchi emas. 25 yoshli futbolchiga Angliya Premer-ligasining nomi oshkor etilmagan yetakchi klubi qiziqish bildirgani aytilmoqda, deya xabar beradi jurnalist Nikolo Skira. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Qari sinyora» rahbariyatining pozitsiyasi aniq: fransuz himoyachini sotish rejalashtirilmayapti. Aksincha, klub Kalulyuga maoshi oshirilgan yangi bitim taklif qilib, shartnomani 2030 yilgacha uzaytirishni ko'zlamoqda.

Pyer Kalulyu «Yuventus»ga 2024 yil yozida «Milan»dan o'tgandi. O'tgan oy OAV uni himoyaning qanotida ham o'ynay olishi fonida «Manchester Yunayted» varianti bilan bog'lagan, biroq muzokaralar aniq bosqichga chiqmagandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Yuventus Kalulyuni APL grandiga berishni xohlamayapti