Niko Shlotterbek Realga yo'l olmay Borussiyada qolishi mumkin

Dortmundning “Borussiya” klubi markaziy himoyachisi Niko Shlotterbek amaldagi shartnomasini uzaytirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, agar futbolchi yangi kelishuvga imzo chekadigan bo‘lsa, uning Dortmunddagi yillik maoshi taxminan 14 million yevroni tashkil etadi. Shuningdek, shartnomaga 50–60 million yevro miqdorida tovon puli bandi ham kiritilishi mumkin.
Qayd etilishicha, hozirda Shlotterbek oldida ikki asosiy yo‘l bor: “Borussiya” bilan qolish va shartnomani uzaytirish yoki yozda Madridning “Real” klubiga ko‘chib o‘tish. Yakuniy qarorini u mart oyidagi xalqaro tanaffus paytida qabul qilishni rejalashtirmoqda.
Joriy mavsumda 26 yoshli himoyachi barcha musobaqalarda 26 o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!