date

Postekoglu Tottenhemni nega top-klub deb bilmaydi

Postekoglu Tottenhemni nega top-klub deb bilmaydi

Londonning «Tottenhem» klubida ishlagan murabbiy Ange Postekoglu jamoaning transfer siyosati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassisning aytishicha, klub o‘zini grandlardan biri sifatida ko‘rsatishga urinadi, biroq u ikki yil davomida ichkaridan ko‘rgan tajribasi bunday xulosaga olib kelmagan. Postekoglu misol sifatida «Arsenal»ni keltirdi: uning ta’kidlashicha, raqib zarur futbolchi uchun 100 million funt sarflaydi va Deklan Rays transferi buning yaqqol namunasi. Murabbiy «Tottenhem» bunday katta xaridlarga tayyor emas, deb hisoblaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Tottenhem» bosh murabbiy lavozimidan Tomas Frankni bo‘shatgandi. Angliya Premer-ligasining 26 turidan keyin «shporlar» 29 ochko bilan turnir jadvalida 16-o‘rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Postekoglu Tottenhemni nega top-klub deb bilmaydi