Al-Hilol Kalidu Kulibali bilan shartnomani uzaytirdi

Markaziy himoyachi Kalidu Kulibali kelasi mavsumda ham «Al-Hilol» safida to‘p suradi. Saudiya klubi rasmiy sayti orqali senegallik futbolchi bilan shartnoma uzaytirilganini e’lon qildi. Yangi kelishuv 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kulibali «Al-Hilol»ga 2023 yilda kelib qo‘shilgandi. U bungacha Yevropada «Mets», «Genk», «Napoli» va «Chelsi» klublarida o‘ynagan. Himoyachi Saudiya Arabistoniga yuqori maosh sabab ketganini yashirmagan, keyinchalik esa mahalliy liga darajasi ham yaxshi ekanini qayd etgan.
Ayni paytda «Al-Hilol» Saudiya Pro-ligasida turnir jadvalida peshqadam. Ikkinchi o‘rindagi «An-Nasr» esa undan atigi bir ochko ortda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing