date

Angliya FAda Tuhel bilan shartnoma uzaytirilishidan norozi bor

Angliya FAda Tuhel bilan shartnoma uzaytirilishidan norozi bor

Angliya Futbol assotsiatsiyasi (FA) Tomas Tuhel bilan kelishuvni uzaytirgani va mutaxassis Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishini davom ettirishi rasman ma’lum qilindi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline xabariga ko‘ra, FA ichidagi ayrim yuqori lavozimli amaldorlar bu qarordan qoniqmagan. Ularning fikricha, germaniyalik murabbiy bo‘yicha yakuniy xulosa jahon chempionatidan keyin chiqarilishi kerak edi — natija bilan birga uning taktik qarashlari va yetakchilik fazilatlari ham turnir yakunida to‘liq baholanadi.

Assotsiatsiyadagi ayrimlar shartnoma uzaytirilishini asosan Tuhelni boshqa ishga olib ketishlaridan cho‘chish bilan izohlamoqda.

Avvalroq Tomas Tuhel yozda “Manchester Yunayted”ning ehtimoliy nomzodlari qisqa ro‘yxatida borligi haqida ham gap-so‘zlar tarqalgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Angliya FAda Tuhel bilan shartnoma uzaytirilishidan norozi bor