Saloh Saudiyaga ketadimi? U ketsa "Liverpul" Niko Uilyamsni olib keladi

Yozgi transferlar oynasi hali ochilmagan bo‘lsa ham, «Liverpul» atrofidagi gap-so‘zlar allaqachon qizib ketdi. Xabarlarga ko‘ra, mersisaydliklar hujumchisi Muhammad Saloh mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin — Saudiya tomonidan jiddiy qadamlar tayyorlanayotgani aytilmoqda.
Manbalarda qayd etilishicha, "Al Ittihod" misrlik yulduzni olib kelish uchun faol harakatga tushgan va tomonlar o‘rtasida norasmiy muloqot ham bo‘lib o‘tgani tilga olinadi. Bu hali “rasmiy bitim” degani emas, lekin transfer bozorida aynan shunday “sirli qo‘ng‘iroqlar” keyin katta yangilikka aylanib ketishi hech gap emas.
Eng qizig‘i, "Liverpul" ham ehtimoliy ssenariylarga tayyor turgandek: ayrim xabarlarda klub Saloh ketib qolsa, uning o‘rniga Niko Uilyams variantiga jiddiy qarayapti. Aytilishicha, angliyaliklar ispaniyalik vingerning tovon puliga teng — 95 million yevro atrofida mablag‘ to‘lashga ham tayyor.
Bu variant “qag‘ozda” juda mantiqiy ko‘rinadi: Uilyams tezkor, yakkama-yakkada xavfli, qanotda o‘yinni “chaqib” yuboradigan futbolchi. Ammo bitta nyuans bor — u "Atletik" bilan uzoq muddatli kelishuvga ega. U 2035 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan, shuning uchun uni olib ketish — faqat katta pul va katta ishontirish demak.
Qisqasi, hozircha bu tarixning nomi bitta: “gaplar, qiziqish, norasmiy kontaktlar”. Lekin transferlar dunyosida aynan shu uchta so‘z ko‘pincha keyin “Here we go”ga aylanadi. Endi barcha savol — Salohning o‘zi qanday qaror qiladi va «Liverpul» yozda haqiqatan ham qanotga yangi “turbo” qo‘shishni istaydi-mi, yo‘qmi?