Djikiya maosh kechikishi sabab klubini o'zgartirishi mumkin

Rossiyalik himoyachi Georgiy Djikiyaning vakili Malik Arutyunov futbolchining kelajagi borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Agentning aytishicha, Djikiya «Antalyaspor»dagi maosh kechikishidan norozi va shu bois Rossiya Premyer-ligasi klublaridan tushayotgan variantlarni ko'rib chiqmoqda. Arutyunov ta'kidlashicha, to'lovlar noyabr oyidan beri kechikmoqda, aks holda futbolchi Turkiyadagi sharoitlardan mamnun.
32 yoshli himoyachi Turkiya klubiga o'tgan yil yozida qo'shilgandi. Djikiya «Antalyaspor» bilan ikki yillik shartnoma imzolagan.
Joriy mavsum Turkiya Superligasida u 12 uchrashuvda maydonga tushdi, 2 ta gol urdi va 3 marta sariq kartochka oldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing