Deputat Svishchyov Shevchenko uchun achinarli holat dedi

Rossiya Davlat dumasi deputati Dmitriy Svishchyov Ukraina futbol assotsiatsiyasi rahbari Andrey Shevchenkoning FIFA prezidenti Janni Infantino bilan uchrashuviga munosabat bildirdi. Suhbat Rossiyaning xalqaro futbol maydoniga qaytishi masalasi atrofida kechgani aytildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq Infantino Rossiyaga nisbatan joriy etilgan cheklovlarni bekor qilish vaqti kelganini, bu choralar baribir kutilgan ta'sir bermayotganini ta'kidlagan edi. Shundan so'ng Shevchenko Infantino bilan shaxsan ko'rishib, Ukraina pozitsiyasini yana bir bor yetkazishini ma'lum qilgan.
Svishchyovning so'zlariga ko'ra, Shevchenko juda kuchli futbolchi bo'lgan va Rossiyada uni hanuz sevib, hurmat qiladiganlar ko'p. Deputat, sportchining siyosiy provokatsiyalarga ergashayotgani achinarli ekanini ham qo'shib o'tdi.
Shuningdek, u Shevchenkoning Infantino bilan uchrashuvi FIFA pozitsiyasiga jiddiy ta'sir ko'rsatmasligi mumkinligini bildirib, agar qarorlar allaqachon yuqori darajada qabul qilingan bo'lsa, bunday tashriflar natijani o'zgartira olmasligini qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!