Keyn va Noyer Bavariyaning asosiy tarkibida maydonga tushadi

Keyn va Noyer Bavariyaning asosiy tarkibida maydonga tushadi

Shanba kuni “BavariyaBundesliga doirasida safarda “Verder”ga qarshi bahs olib boradi. Bremenlik “muzikachilar”ga qarshi uchrashuvda myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani start tarkibini e’lon qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

“Bavariya”ning asosiy tarkibi: Noyer, Stanisich, Ta, Min-Chjye, Laymer, Kimmix, Goretska, Karl, Dias, Gnabri, Keyn.

Uchrashuv 19:30 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O‘yin jarayonini LiveResult portalidagi matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

Hozirda “Bavariya” Bundesliga jadvalida yetakchilik qilmoqda. Dortmundning “Borussiya”si esa bir o‘yin ko‘proq o‘tkazgan bo‘lsa-da, myunxenliklardan uch ochko ortda bormoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Dilshoda
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar