Manchester Yunayted o'ng qanot himoyasini Ryuerson bilan kuchaytirmoqchi

Diogu Dalot va Nussair Mazraui borligiga qaramay, «Manchester Yunayted» o'ng qanot himoyasi uchun yangi variant izlashni jadallashtirdi. TEAMtalk xabariga ko'ra, klub bu pozitsiyani kuchaytirish masalasini jiddiy ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, Dalot joriy mavsum APLda 21 uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan bo'lsa-da, uning «Old Trafford»dagi uzoq muddatli kelajagi hanuz noaniq. Bir tomondan, Madridning «Real» klubi himoyachiga qiziqishni saqlab turibdi, boshqa tomondan esa «Yunayted» rahbariyati Diogu bilan yangi kelishuv katta maosh oshirilishini talab qilishini yaxshi biladi.
«MYU» skautlari so'nggi o'yinlarda Dortmundning «Borussiya»si futbolchisi Yulian Ryuersonning harakatlaridan ijobiy taassurot oldi. 28 yoshli norvegiyalik nafaqat o'ng qanot himoyachisi sifatida, balki butun qanotni yopib bera oladigan va vinger rolida ham o'ynay oladigan universal futbolchi sifatida baholanmoqda.
Norvegiya terma jamoasi a'zosi klub bilan 2028 yilgacha shartnomaga ega va uni 40 million yevrodan arzon narxda qo'yib yuborishmasligi ta'kidlanmoqda. Ryuerson bu mavsum barcha musobaqalarda 29 o'yinda 13 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!