
“Millionlar o‘yini” deya e’tirof etiluvchi futbol bo‘yicha 2018 yilda Jahon chempionati o‘tkaziladi. Ayni vaqtda mazkur yirik musobaqaning saralash bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. O‘zbekistonning 9 karra eng yaxshi hakami, Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami, jahonning eng yaxshi arbitri sifatida “Global Soccer Awards” mukofoti sovrindori Ravshan Ermatov bu galgi Jahon chempionatida ham ishtirok etishi tayin. Hozirda saralash bosqichlarida ish olib borayotgan Ravshan Ermatovning navbatdagi hakamlik ishi 23 mart kuni bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda yana bir bor sinovdan o‘tkaziladi.
23 mart kuni Al-Ayn shahrida Birlashgan Arab Amirliklari va Yaponiya terma jamoalari JCh-2018 saralash bosqichi “V” guruhi 6-turi doirasida maydonga tushadi. Bu uchrashuvda Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar guruhi ishlaydi. Bu haqda “Qalampir” nashri xabar berdi.
Ravshan Ermatovga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradilar. To‘rtinchi hakam – Dmitriy Pislegin.
Saralash bosqichining bundan avvalgi turidan so‘ng Yaponiya termasi 10 ochko bilan to‘plar nisbati bo‘yicha Saudiya Arabistonidan keyin 2-o‘rinda bormoqda. BAA esa 9 ochko bilan to‘plar nisbati bo‘yicha Avstraliyadan keyin 4-qatordan joy olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar