Saj Lans yetakchiligiga xotirjam yondashmoqchi

“Lans” bosh murabbiyi Pyer Saj chempionlik poygasi haqida yana fikr bildirdi. “PSJ”ning ochko yo‘qotishi va jamoasining “Parij” ustidan 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasidan so‘ng “Lans” Fransiya chempionati turnir jadvalida peshqadamga aylandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis yetakchilik va ishonchli g‘alabadan mamnunligini yashirmadi, biroq chempionlik mavzusini hozirdan tilga olishdan ataylab tiyilayotganini ta’kidladi.
“Hozir bizda aniq va ochiq aytilgan ambitsiyalar bor, eng muhimi — ular amalga oshsa bo‘ladi. Futbolchilar maqsadga yetish uchun qaysi bosqichlardan o‘tish kerakligini yaxshi tushunishadi. Biz asta-sekin oldinga yuramiz. Birinchi bosqichni allaqachon bajardik”, — deya Sajning so‘zlarini Le Parisien keltirdi.
Saj jamoa vaziyatga xotirjam qarayotgani va diqqat-e’tiborni yo‘qotmayotganini ham qo‘shimcha qildi.
“Ular hammasi bosqichma-bosqich kelishini bilishadi — jiddiy yondashuv, fidoyilik va qat’iyat orqali. Omadsizroq kunlar ham bo‘ladi. Lekin baribir keyingi Chempionlar ligasiga chiqish uchun doim g‘alaba qozonishimiz kerak”, — dedi murabbiy.
Hozirda “Lans” hisobida 52 ochko bor, “PSJ” esa bir ochkoga kam to‘plagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!