Arsenal Alessandro Bastoni transferini diqqat bilan kuzatmoqda

Milanning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoni faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga Londonning «Arsenal» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu bilan birga, Bastoni «Barselona», «Manchester Yunayted» va Madridning «Real» klublari kuzatuvida ham turibdi.
Ta’kidlanishicha, «Inter» himoyachisini qo‘yib yuborishni istamayapti. Shuning uchun uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan jamoalar italiyalik futbolchi uchun katta mablag‘ sarflashiga to‘g‘ri keladi.
Bastoni joriy mavsum barcha turnirlar doirasida 30 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor bahosi 80 million yevroni tashkil etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!