Del Piero Kivuning qizil kartochka izohidan norozi boldi

"Yuventus" afsonasi Alessandro Del Piero "Inter" bosh murabbiyi Kristian Kivuning uchrashuvdan keyingi fikrlariga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
"Neradzurrilar" ustozi qizil kartochka bilan yakunlangan epizodda Alessandro Bastonini himoya qildi. Kivu Kalulyuning chetlatilishi boyicha e’tirozlarga javoban, kontakt kuchli bo‘lmagan taqdirda ham, "Yuventus" himoyachisi sariq kartochkasi borligini inobatga olib, ancha ehtiyotkor harakat qilishi kerakligini ta’kidladi.
Del Pieroning aytishicha, u Kivudan vaziyatga boshqacharoq qarashni kutgan: "Inter" bunday "sovg‘alar"ga muhtoj emas. Chempionatdagi eng kuchli jamoa bo‘lsang, g‘alabaga katta uslubda erishishni xohlaysan, shunday yo‘llar bilan emas. Men buni o‘zim ham boshdan kechirganman. Balki Kivu buni keyinroq anglar", — jurnalist Nikolo Skira Del Pieroning so‘zlarini keltirdi.
Eslatib o‘tamiz, "Inter" "Yuventus"ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi. Hal qiluvchi gol 90-daqiqada urildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!