Vinisius Modrichni maqtadi va uni noyob futbolchi dedi

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Vinisius Junior sobiq jamoadoshi Luka Modrich haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Xorvatiyalik yarimhimoyachi “qirollik klubi” safida 13 yil harakat qilgan. O‘tgan yil iyulida u erkin agent sifatida “Milan”ga ko‘chib o‘tgan edi.
Vinisiusning aytishicha, Modrichning darajasi hayratlanarli: u qariyb 41 yoshda bo‘lishiga qaramay, maydonda o‘ziga xos o‘yin namoyish etmoqda. Braziliyalik futbolchi Modrich hozir ham “Milan”da o‘zini ko‘rsatayotgani, avval esa “Real”da ham doim yuqori saviyada bo‘lganini ta’kidladi va uni dunyoning eng zo‘ri deb atadi.
Shuningdek, Vinisius Modrich jamoaga ko‘p narsani o‘rgatganini, uni juda sog‘inayotganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, Luka haqiqiy g‘olib xarakterga ega va hatto mashg‘ulotlarda ham yutqazishni yoqtirmaydi.
Eslatib o‘tamiz, juma kuni Modrich A Seriyada “Milan”ning “Piza” ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minlab berdi: u 85-daqiqada hal qiluvchi golni urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!