date

Rossiya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvlari rejasini aniqlashtirdi

Rossiya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvlari rejasini aniqlashtirdi

Rossiya terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan o'rtoqlik uchrashuvlari bo'yicha yangi tafsilotlar ma'lum bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«RB Sport» xabariga ko'ra, mart oyida Valeriy Karpin boshchiligidagi jamoa Rossiya hududida ikkita nazorat bahsini o'tkazadi. Kutilishicha, raqiblar Afrika va Lotin Amerikasidan bo'lib, FIFA reytingida ilk 100 talikka kiruvchi terma jamoalar orasidan tanlanadi.

Shuningdek, rossiyaliklar iyun oyida ham yana ikkita o'rtoqlik o'yinini o'tkazishni rejalashtirmoqda. Logistika va viza masalalaridagi qiyinchiliklar sabab jamoa AQSH, Kanada yoki Meksikaga uchmaslikka qaror qilgan, shu bois uchrashuvlar yana uy maydonida bo'lib o'tishi kutilmoqda.

Eslatib o'tamiz, noyabr oyida Rossiya terma jamoasi o'z maydonida Peru bilan 1:1 hisobida durang o'ynagan, Chili esa 0:2 hisobida ustun kelgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvlari rejasini aniqlashtirdi