Anchelotti Neymarga mundial eshigini bitta shart bilan ochadi

Neymar yozga borib formasini tiklab, Braziliya terma jamoasi bilan jahon chempionatiga borishni maqsad qilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
The Touchline UOL jurnalisti Rodrigu Mattosga tayanib yozishicha, “selesao” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti hujumchini faqat bitta holatda — u optimal jismoniy tayyorgarlikda bo‘lsa — terma jamoaga chaqiradi.
Manbaga ko‘ra, Anchelottining Neymarga nisbatan alohida shaxsiy xayrixohligi yo‘q: futbolchi tayyor bo‘lmasa, uning terma jamoadagi o‘rni ham bo‘lmaydi.
2026 yilgi mundialning guruh bosqichida Braziliya Marokash, Gaiti va Shotlandiyaga qarshi maydonga tushadi. Musobaqa AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi.





























Izohlar 0
…