Valverde Prestianni bilan mojaroga izoh berdi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde Vinisius Juniorga nisbatan yuzaga kelgan irqchilik mojarosi va unda “Benfika” futbolchisi Janluka Prestianni tilga olingani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv davomida “qaymoqranglilar” hujumchisi hakamga argentinalik vinger tomonidan haqoratli so‘zlar aytilganini ma’lum qilgan. Biroq 20 yoshli futbolchining aybini isbotlash oson bo‘lmasligi mumkin, chunki u gapirayotganda labini futbolkasi bilan berkitib olgani aytilmoqda.
Valverdening ta’kidlashicha, og‘zini berkitib gapirish ko‘pincha jirkanch gap aytilayotganidan darak beradi. U Prestianni hech qachon ishlatilmasligi kerak bo‘lgan so‘zni aytganini, bu esa juda pastkash va achinarli holat ekanini qayd etdi. Valverdening so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.
O‘yinda “Real” 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol muallifi esa aynan Vinisius Junior bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!