date

Xvicha Chempionlar ligasidagi noxush antirekordni takrorladi

Xvicha Chempionlar ligasidagi noxush antirekordni takrorladi

PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliya Chempionlar ligasida «Monako»ga qarshi o'yinda o'zi uchun yoqimsiz statistika bilan yodda qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pley-off yo'llanmasi uchun stikov bosqichining ilk uchrashuvida parijliklar irodali tarzda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. 25 yoshli futbolchi maydonda 69 daqiqa harakat qildi, biroq gol yoki assist bilan ajralib chiqmadi.

Opta Sports ma'lumotiga ko'ra, Kvaratsxeliya o'yin davomida «Monako» darvozasiga 8 bor zarba yo'lladi, ammo birortasi darvoza to'riga yo'l topmadi. Bu 2003 yildan beri yuritilayotgan Chempionlar ligasi statistikasi bo'yicha antirekordning takrorlanishi ekani qayd etildi. Mazkur ko'rsatkich avval «Arsenal»ning sobiq hujumchisi Tyerri Anriga tegishli bo'lib, u bunday holatni ikki marta — 2004 yili «Chelsi»ga va 2006 yili CSKAga qarshi o'yinlarda qayd etgan.

Joriy mavsumda Xvicha barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda 8 ta gol urdi va 6 ta golli pas berdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xvicha Chempionlar ligasidagi noxush antirekordni takrorladi