date

Arsenal Raysga zaxira sifatida Goreskani ko'zlamoqda

Arsenal Raysga zaxira sifatida Goreskani ko'zlamoqda

Myunxenning “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Leon Goreska yozgi transferlar paytida Londonning “Arsenal” jamoasiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Football Insider xabariga ko'ra, “kanonirlar” tajribali germaniyalik futbolchini erkin agent sifatida safiga qo'shib olishni rejalashtirmoqda. London klubi Deklan Rays uchun ishonchli zaxira variantini qidirmoqda va Goreskani universalligi hamda jismoniy kuchi bilan ajratib ko'rsatmoqda — u maydonda o'z jarima maydonidan raqib jarima maydonigacha samarali harakat qila oladi.

31 yoshli хавbek uchun kurashda “Arsenal”ning asosiy raqibi sifatida Angliyaning boshqa bir klubi — “Tottenhem” ham tilga olinmoqda.

Goreska joriy Bundesliga mavsumida 19 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol muallifiga aylangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal Raysga zaxira sifatida Goreskani ko'zlamoqda