«Barselona» - «PSJ» o‘yini hakami Denis Aytekin parijlik futbolchilarni haqorat qilgan

«Barselona» - «PSJ» o‘yini hakami Denis Aytekin parijlik futbolchilarni haqorat qilgan
«Barselona» - «PSJ» o‘yini hakami Denis Aytekin parijlik futbolchilarni haqorat qilgan

Yevropa chempionlar ligasi doirasida «Barselona» — «PSJ» bahsini boshqargan hakam Deniz Aytekin o‘yin vaqtida parijlik futbolchilarni qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilgani aytilmoqda.

Xabar qilinishicha, germaniyalik hakam "PSJ" futbolchilari bildirgan e’tirozga javoban ularni qo‘pol so‘zlar bilan "siylagan". Uchrashuvda "Barselona" 6:1 hisobida g‘olib chiqqan va chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

Aytekin "PSJ" darvozasiga ikkita penalti belgiladi va Xavyer Maskerano o‘z jarima maydonchasi ichida Anxel Di Mariyani yiqitgan vaziyatda xushtagini chalmadi. Eslatib o‘tamiz, biroz vaqt muqaddam UEFA 38 yoshli hakamning ishidan norozi bo‘lgani va uni joriy mavsumda boshqa o‘yinlarga tayinlamaslikka qaror qilgani aytilgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar