Esposito Inter safida pley-offda eng yoshlar qatorida

Esposito Inter safida pley-offda eng yoshlar qatorida

Milanning “Inter” klubi hujumchisi Franchesko Pio Esposito Chempionlar ligasi doirasida “Bude-Glimt” darvozasini ishg‘ol qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida italiyalik futbolchi hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirdi. Opta ma’lumotiga ko‘ra, Esposito 20 yosh-u 235 kunligida “neradzurrilar” tarixida Chempionlar ligasi pley-offida gol urgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi. Bu ro‘yxatda undan faqat sobiq hujumchi Obafemi Martins oldinda.

Tanaffusga qadar hisob o‘zgarmadi — 1:1.

Esposito joriy mavsum barcha turnirlarda 32 o‘yinda 7 ta gol va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘lib turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar