Arteta APLda har hafta gʻalaba qozonish oson emas dedi

Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Premyer-ligasida raqobat nihoyatda kuchli ekanini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq «kanonirlar» chempionat jadvalining oxirida borayotgan «Vulverhempton»ni yenga olmadi. Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
Artetaning aytishicha, APLda har hafta yutib borish juda qiyin, chunki joriy mavsum liga yanada kuchaygan. Mutaxassis o‘tgan mavsumda «Liverpul»ga omad hamrohlik qilganini, boshqa ko‘plab jamoalar, jumladan «Arsenal» ham, ma’lum ma’noda o‘tish davrida bo‘lganini qayd etdi.
Shunga qaramay, «Arsenal» 27 o‘yindan so‘ng 58 ochko bilan Angliya chempionati jadvalida peshqadamlikni saqlab turibdi. «Manchester Siti»dan ustunlik besh ochko, biroq «shaharliklar»ning bir o‘yini zaxirada.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!