date

Taranov Safonovni PSJning birinchi raqami deyishga erta

Taranov Safonovni PSJning birinchi raqami deyishga erta

“Krasnodar”ning sobiq futbolchisi Ivan Taranov PSJ safidagi rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning hozirgi o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Taranovning aytishicha, Safonov o‘zini ishonchli ko‘rsatmoqda, biroq uni jamoaning qat’iy “birinchi raqami” deb e’lon qilishga hali erta. Uning fikricha, Matvey shu tarzda barqaror o‘ynashda davom etsa, oldinda yana ko‘p imkoniyatlar bor va u yanada o‘sishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Safonov 2024 yil yozida “Krasnodar”dan Parijning top-klubiga ko‘chib o‘tgandi.

Joriy mavsumda u PSJ safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi: darvozasidan 10 ta gol o‘tkazib yubordi va 3 bahsda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Taranov Safonovni PSJning birinchi raqami deyishga erta