Tchuameni jamoa bilan mashgʻulotda, xavotirga oʻrin yoʻq

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Orelien Tchuameni Yevropa Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi o‘yinda noqulaylik sezdi. Biroq fransuz futbolchida jiddiy jarohat aniqlanmadi: payshanba kuni u jamoa bilan to‘liq mashg‘ulot o‘tkazdi, deb xabar beradi The Touchline. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Real” hozirda La Ligada safardagi “Osasuna”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘yin shanba, 21-fevral kuni bo‘lib o‘tadi va start hushtagi 22:30 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.
Eslatib o‘tamiz, “Real” Ispaniya chempionati jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi “Barselona” madridliklardan ikki ochko ortda bormoqda.
Hafta o‘rtasida “Real” Chempionlar ligasida “Benfika” maydonida 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!