Rosyenor Burnliga qarshi oson bo'lmaydi deb ogohlantirdi

«Chelsi» Angliya Premyer-ligasida «Byornli»ga qarshi uy uchrashuviga hozirlik ko'rmoqda. Londonliklar bosh murabbiyi Liam Rosyenor matbuot anjumanida favoritlik yorlig'i hech narsani anglatmasligini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis raqibning so'nggi natijalariga e'tibor qaratdi: «Bizni qiyin o'yin kutyapti. «Byornli» safarda «Kristal Pelas»ni yengdi. Kecha «Vulverhempton»ning o'yini va natijasini ham ko'rdingiz-ku? Shuning uchun oson bo'lmaydi. Biz o'z ishimizga diqqatni jamlashimiz kerak», — dedi Rosyenor.
Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni «Vulverhempton» va «Arsenal» 2:2 hisobida durang o'ynagan. Turnir jadvalida «Vulverhempton» oxirgi, «Arsenal» esa birinchi o'rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing