Tramp FIFA rahbari Infantinoga hazil aralash murojaat qildi

FIFA prezidenti Janni Infantino so‘nggi paytlarda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan tez-tez birga ko‘rinish bermoqda. Navbatdagi uchrashuvlardan birida u “Tinchlik kengashi” tadbirida ishtirok etib, kayfiyati yuqori holda “USA” yozuvi tushirilgan kepkani ham kiyib ko‘rdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Tadbir davomida Tramp Infantinoga yuzlanib, zalda asosan davlat rahbarlari yig‘ilganini, Janni esa ulardan istisno ekanini ta’kidladi. Shunga qaramay, u Infantinoni “futbolning rahbari” deb atab, bu holat yomon emasligini aytdi va uning ishi o‘ziga eng ko‘p yoqishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Infantino Rossiyaga qo‘yilgan futbol sanksiyalarini bekor qilish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan edi. Rossiya klublari va terma jamoalari qariyb to‘rt yildan beri rasmiy xalqaro musobaqalarda qatnasha olmayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!