Diuf Vinisiusga yon bosdi jamiyatga shunday odamlar kerak

“Liverpul”ning sobiq hujumchisi va Senegal terma jamoasi ekssardori El-Hadji Diuf Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Junior atrofidagi mojaroga munosabat bildirib, futbolchini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Voqea Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi o‘yinda yuz bergan. Vinisius lissabonliklar safidagi argentinalik himoyachi Janluka Prestianni tomonidan o‘ziga nisbatan irqchilik bo‘lganini aytgan. “Benfika” esa futbolchisiga qo‘yilgan ayblovlarni rad etmoqda.
Diufning ta’kidlashicha, Vinisius jamiyat uchun muhim masalalarni ko‘tarayapti: “U jamiyatga ta’sir qiladigan narsalar haqida gapiryapti, jamiyatga esa u kabi kuchli insonlar ko‘proq kerak”, — deya uning so‘zlarini Telecom Asia keltirdi.
Uchrashuv 1:0 hisobida “Benfika” foydasiga yakunlangan. Avvalroq Prestianni 10 tagacha o‘yinga diskvalifikatsiya qilish ehtimoli borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!