Rasmus Xoylunn Italiyada sabrliroq futbolchiga aylandim dedi

Daniyalik hujumchi Rasmus Xoylunn Italiyadagi faoliyatini "Atalanta" safida boshlagan va Bergamodagi klubni hanuz iliq xotiralar bilan eslaydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchining aytishicha, "Atalanta" uning qalbida alohida o‘rin tutadi: u yerda jamoa bilan birga unutilmas mavsum o‘tkazgan. Shu bilan birga, hozir u "Napoli"dagi davridan zavqlanayotganini ta’kidladi.
Xoylunn o‘zidagi o‘zgarishlar haqida ham to‘xtalib o‘tdi: Italiyada u yanada ulg‘aygan, jismonan kuchaygan, o‘yini ham bir pog‘ona oshgan. Eng muhimi, u sabrni o‘rganganini, avval Bergamoda bunday sifat yetishmaganini, endilikda esa energiyasini oqilona sarflashni bilishini qo‘shimcha qildi.
Ayni paytda "Atalanta" A Seriya turnir jadvalida oltinchi o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!