date

Allardays: Bunday maosh olgan futbolchi 100 foiz o'ynashi shart

Allardays: Bunday maosh olgan futbolchi 100 foiz o'ynashi shart

Britaniyalik taniqli mutaxassis Sem Allardays Angliya chempionatining joriy mavsumida Londonning «Tottenhem» jamoasi ko'rsatayotgan o'yiniga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning fikricha, haftasiga 150 ming funt atrofida maosh olayotgan futbolchilar maydonda doimo to'liq kuch bilan harakat qilishi kerak. «Futbolchilar o'z saviyasini isbotlashi shart. Klubda ularga barcha sharoit yaratilgan, unda nega ular maksimal darajada o'ynamayapti? Kim 100 foiz ishlamasa, uni jamoada ushlab turishning keragi yo'q», — deya Allardaysning so'zlarini Sky Sports keltirdi.

«Tottenhem» APLning ushbu mavsumida muvaffaqiyatsiz natijalar qayd etmoqda: londonliklar 29 ochko bilan turnir jadvalida 16-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Allardays: Bunday maosh olgan futbolchi 100 foiz o'ynashi shart