date

Opta superkompyuteri Angliya chempioni nomzodini ko'rsatdi

Opta superkompyuteri Angliya chempioni nomzodini ko'rsatdi

APL chempionligi uchun kurash yanada qizidi: “Arsenal” safarda “Vulverhempton”ni yenga olmadi va 2:2 hisobidagi durangdan keyin ham turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Biroq “Manchester Siti”ning imkoniyati ham jiddiy: jamoa “kanonirlar”dan besh ochko ortda, ustiga-ustak bitta o'yin zaxirada. Aprel oyida esa raqiblar Manchesterda o'zaro bahs olib boradi.

Opta mutaxassislari superkompyuter yordamida chempionlik ehtimollarini hisoblab chiqdi. Hisob-kitoblarga ko'ra, ayni paytda ham “Arsenal”ning oltin medallarga da'vogarligi “Manchester Siti”nikidan ancha yuqori.

Model natijasida “Arsenal”ning chempion bo'lish ehtimoli 79,69 foiz deb baholandi. “Manchester Siti” uchun bu ko'rsatkich 17,26 foizni tashkil etdi.

Eslatib o'tamiz, “Arsenal” Angliya chempionatida oxirgi bor 2004 yilda g'olib chiqqan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Opta superkompyuteri Angliya chempioni nomzodini ko'rsatdi