“Chelsi”ni mavsum oxirida nima kutmoqda? Va premer liga etakchisini yaqin taqibchilari bilan qanday kurashlar kutmoqda? Shu haqda Sizlar bilan Zamin.uz blogi o‘z fikrlari yuzasidan o‘rtoqlashadi.
Angliya premer ligasida bo‘lib o‘tgan 27-tur natijalaridan so‘ng sovrinlar uchun kurash olib borayotgan klublarning egallab turgan o‘rni va chempionlik uchun imkoniyatlari yuzasidan xulosalar chiqarishimiz mumkin.
Premer ligada hozirgi kunda “Chelsi” 66 ochko bilan yagona etakchi bo‘lib turibdi, undan so‘ng 56 ochko bilan “Tottenxem” 2-o‘rinni va 55 ochko bilan “Manchester Siti” 3-o‘rinni egallab turibdi.
Keyingi o‘rinlarda “Liverpul”, “Arsenal” va “Manchester Yunayted” kuchli 6 talikdan joy egallagan.
Futbol olami muxlislari uchun ushbu chempionat juda ham keskinligi va tomoshabopligi bilan ajralib turadi va borgan sari judayam qiziqarli tus olmoqda. Shubhasiz qolgan 10 tur yakunigacha jadvalning yuqori qismidagi “tig‘izlik” barchani hayajonda ushlab turadi.
Mavsum tugaguncha qolgan turlarda “Chelsi”ni asosiy raqiblari bilan oson bo‘lmagan uchrashuvlar kutib turibdi. Xususan, “Chelsi” uchun 31-turda “Manchester Siti” bilan, shuningdek 33-turda Old Traffordda va 35-turda Gudison Parkda qiyin safar uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Ha, umuman olganda Angliya premer ligasida oson kalendar uchrashuvlari bo‘lmasligini esga olish kifoya. Har bir o‘yin – hal qiluvchi. Autsayder jamoa etakchilardan ochko tortib olishi mumkin. Bunga APL muxlislari allaqachon ko‘nikib bo‘lishgan. Shuning uchun Antonio Konte aql bilan ish tutmoqda, ya’ni o‘tkazilayotgan press-konferensiyalarda jurnalistlarga hali chempionat tugamaganligini eslatib kelmoqda.
Bir tomondan olib qaraganda, 10 ochkolik farq London klubi muxlislarini xotirjam bo‘lishga undaydi. Lekin sevimli jamoasining ehtiyotsizlik sabab 2-3 ta omadsizlikka uchrashi yaqin taqibchilari “Tottenxem” va “Shaharliklar” ning yanada yaqinlashib olishlari uchun imkoniyat yaratishi mumkin. Ular oldinga qarash o‘rniga ko‘proq ortga qarashmoqda, chunki Chempionlar ligasi musobaqalariga yo‘llanmani qo‘lga kiritish uchun kurash keskin tus olmoqda.
To‘rtta joy uchun 6 ta jamoa keskin kurashga kirishishgan. Asablar taranglashmoqda, yo‘l qo‘yiladigan xatoning bahosi juda ham oshib bormoqda. Shu uchun Premer liganing qolgan 10 turi doirasida o‘tkaziladigan uchrashuvlarni kuzatib boring. Musobaqa jadvalidagi bunday “tig‘izlik” o‘yinlarning yanada jonli va murosasiz o‘tishini ta’minlaydi. Olti jamoaning yanada yuqori o‘rinlarni egallash uchun olib boradigan shiddatli kurashini tomosha qilib haqiqiy zavq olishingizga shubha yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi