Bugun Yevropa maydonlarida qiziqarli bahslar kechasi kutilmoqda

Haftaning dam olish kunlari futbol ishqibozlari uchun odatdagidek bayramga aylanadi. Yevropa “top-5” chempionatlarida navbatdagi tur o‘yinlari start oladi va bugun ham bir-biridan shiddatli to‘qnashuvlar ekranga mixlaydi. Ayniqsa, Angliyada chempionlik poygasidagi “Manchester Siti” o‘z uyida “Nyukasl”ni qabul qiladi. Ispaniyada esa “Real Madrid” safarda “Osasuna”ga qarshi maydonga tushib, qimmatli ochkolar uchun kurashadi.
Yana bir yoqimli jihati, legionerlarimiz Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev harakat qilayotgan “Istanbul Bashakshehir” ham bugun tur doirasidagi bellashuvini o‘tkazadi. Demak, kun dasturi nafaqat katta klublar, balki o‘z futbolchilarimiz ishtirokidagi o‘yinlar bilan ham alohida qiziq.
Quyida bugungi uchrashuvlar ro‘yxati keltirilgan. Barcha vaqtlar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan.
APL 27-tur
20:00 “Aston Villa” – “Lids”
20:00 “Brentford” – “Brayton”
20:00 “Chelsi” – “Byornli”
22:30 “Vest Hem” – “Bornmut”
01:00 “Manchester Siti” – “Nyukasl”
La Liga 25-tur
18:00 “Real Sosedad” – “Real Ovedo”
20:15 “Betis” – “Rayo Valekano”
22:30 “Osasuna” – “Real Madrid”
01:00 “Atletiko Madrid” – “Espanol”
A Seriya 26-tur
19:00 “Yuventus” – “Komo”
22:00 “Lechche” – “Inter”
00:45 “Kalyari” – “Latsio”
Liga 1 23-tur
21:00 “Lans” – “Monako”
23:00 “Tuluza” – “Parij FK”
01:05 PSJ – “Mets”
Bundesliga 23-tur
19:30 “Bavariya” – “Ayntraxt”
19:30 “Volfsburg” – “Augsburg”
19:30 “Union” – “Bayer”
19:30 “Kyoln” – “Xoffenxaym”
22:30 “Leypsig” – “Borussiya D”
Turkiya Superligasi 23-tur
15:30 “Eyupspor” – “Genchlerbirligi”
18:00 “Alanyaspor” – “Bashakshehir”
22:00 “Konyaspor” – “Galatasaray”
Saudiya Pro Ligasi 23-tur
00:00 “An-Nasr” – “Al-Xazm”
00:00 “Al-Xalidj” – “Neom SK”
00:00 “Al-Hilol” – “Al-Ittihod”
Qisqasi, bugungi dasturda ham kechki “issiq” o‘yinlar, ham tungi katta afishalar bor. Agar reja tuzib olmasangiz, bir pastda soat 01:00 bo‘lib qoladi, keyin esa “ha, shu o‘yinni ham ko‘rib qo‘yish kerak edi” degan klassika boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!