date

Arsenal vingeri Madueke u haqidagi gaplarga izoh berdi

Arsenal vingeri Madueke u haqidagi gaplarga izoh berdi

Londonning «Arsenal» klubi futbolchisi Noni Madueke muxlislar va jamoatchilik orasida uning xarakteri haqida noto‘g‘ri tasavvur shakllanganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

23 yoshli vingerning ta’kidlashicha, ba’zilar uni kibrli, o‘ziga haddan tashqari ishongan yoki yetarlicha mehnat qilmaydigan futbolchi deb o‘ylaydi. Madueke esa buning aksi ekanini, doim o‘z ustida ishlashga intilishini va ishiga jiddiy yondashishini qayd etdi.

Joriy mavsumda Madueke 26 o‘yinda 6 gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. O‘tgan yilning iyulida «Arsenal» uni «Chelsi»dan 56 mln yevroga sotib olgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arsenal vingeri Madueke u haqidagi gaplarga izoh berdi