Dalot Sheshkoga OAV bosimi haqida ogohlantirish berdi

Dalot Sheshkoga OAV bosimi haqida ogohlantirish berdi

"Manchester Yunayted" himoyachisi Diogu Dalot jamoa hujumchisi Benyamin Sheshko bilan bo'lgan suhbat tafsilotlarini oshkor qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dalotning aytishicha, u Sheshkoga shunday degan: "Bilasanki, nima bo'ladi? Bitta gol ursang, OAV seni keyingi mavsumning eng zo'r hujumchisi deb yozadi. Shunday bo'lsa, ertasi kuni ham o'sha oddiy yigitligingcha qolishing kerak". Bu fikrlarni u Rio Ferdinandga bergan intervyusida bildirib o'tdi.

Sheshko o'tgan yozda "Manchester Yunayted" safiga qo'shilgan. Shu paytgacha u barcha turnirlarda 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma muallifi bo'ldi.

23 fevral kuni "qizil iblislar" APLning 27-turi doirasida safarda "Everton" bilan to'qnash keladi. O'yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar