date

Eddi Xau Man Siti APLda hanuz mezon jamoa dedi

Eddi Xau Man Siti APLda hanuz mezon jamoa dedi

APLning 27-turi doirasida «Nyukasl» safarda «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv arafasida mehmonlar bosh murabbiyi Eddi Xau bo'lajak o'yin haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Xau so'zlariga ko'ra, «shaharliklar» bilan har safar to'qnash kelish «Nyukasl» uchun yangi saboq bo'ladi. Mutaxassis «Manchester Siti» ko'p mavsumlardan buyon Angliya chempionatida mezon sifatida ko'rilayotganini, Gvardiola qo'l ostida jamoa yuqori darajadagi futbol namoyish etishda davom etayotganini ta'kidladi.

«Manchester Siti» — «Nyukasl» bahsi «Etihad» stadionida shanba, 21-fevral kuni bo'lib o'tadi. Hakamning start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eddi Xau Man Siti APLda hanuz mezon jamoa dedi