Yuventus Komoga qarshi o'yin uchun tarkibini e'lon qildi

Yuventus Komoga qarshi o'yin uchun tarkibini e'lon qildi

A Seriyaning 26-turi doirasida «Yuventus» o'z maydonida «Komo»ni qabul qiladi. Turinliklar bosh murabbiyi Luchano Spalletti uchrashuvni boshlang'ich tarkibda boshlaydigan futbolchilar ro'yxatini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Start tarkib: Di Gregorio, Gatti, Kelli, Kopmeyners, Kambyaso, Lokatelli, Tyuram, Miretti, Makkenni, Yildiz, Openda.

«Yuventus» — «Komo» uchrashuvi 19:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi. O'yin jarayonini LiveResult portali matnli translyatsiya orqali yoritib boradi.

Hozirgi vaqtda «Yuventus» A Seriya jadvalida 46 ochko bilan beshinchi o'rinda bormoqda, «Komo» esa 42 ochko bilan oltinchi pog'onani egallab turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar