date

Kazorla La Ligada asistent bo'yicha ikkinchi eng yoshi katta

Kazorla La Ligada asistent bo'yicha ikkinchi eng yoshi katta

Shanba kuni «Real Ovedo» safarda «Real Sosyedad»dan kutilmaganda ochko tortib oldi. Uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Bahsda tajribali yarim himoyachi Santi Kazorla 41 yosh-u 70 kunligida golga uzatma berib, La Liga XXI asr tarixida yoshi katta assistentlar ro'yxatida ikkinchi pog'onaga ko'tarildi. Bu ko'rsatkich bo'yicha undan faqat Xoakin ustun — u 41 yosh-u 298 kunligida assist qayd etgan. Ma'lumotni Opta statistikalari keltirdi.

Qayd etish joiz, «Real Ovedo» hozircha Ispaniya chempionati turnir jadvalida so'nggi o'rinda bormoqda. Jamoa La Ligadagi navbatdagi o'yinini 28 fevral kuni o'z maydonida «Atletiko»ga qarshi o'tkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kazorla La Ligada asistent bo'yicha ikkinchi eng yoshi katta