date

Eduardo Kamavinga Manchester Yunaytedga ko'chib o'tishi mumkin

Eduardo Kamavinga Manchester Yunaytedga ko'chib o'tishi mumkin

Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini Angliya chempionatida davom ettirishi ehtimoli bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

TEAMtalk xabariga ko'ra, fransuz futbolchisini tarkibga qo'shishga “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. “Qizil iblislar” Kamavingani yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Kazemiro o'rniga munosib variant sifatida ko'rib chiqmoqda.

Manbaga ko'ra, “Real” futbolchini sotishga tayyor, biroq Kamavinga transferidan 75 million yevrodan ko'proq mablag' ishlab olishni maqtadi.

Eduardo Kamavinga 2021 yilda “Renn”dan “Real”ga 31 million yevro evaziga o'tgan. Uning Madrid klubi bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 28 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Eduardo Kamavinga Manchester Yunaytedga ko'chib o'tishi mumkin