"Manchester Siti" - "Nyukasl" bahsi uchun start tarkiblar e’lon qilindi

APL 27-tur doirasida «Manchester Siti» — «Nyukasl» bellashuvi birozdan so‘ng start oladi. Jamoalar rasmiy ravishda asosiy tarkiblarini ham, zaxira ro‘yxatini ham ma’lum qildi. E’tiborlisi, mezbonlar safida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov uchrashuvni zaxiradan boshlaydi.
Mezbonlar bugun maydonga tajribali va «syurprizsiz» ko‘rinadigan tarkibni chiqardi: darvozada Djanluidji Donnarumma, himoyada Mateus Nunes, Ruben Diash va Mark Gexi, flangda Rayan Ayt-Nuri. Markazda esa o‘yin tempini ushlab turadigan Rodri bilan sardor sifatida Bernardu Silva ko‘zga tashlanadi. Hujum chizig‘ida Niko O’Rayli, Antuan Semeno, Omar Marmush va asosiy «gol mashinasi» Erling Xoland harakat qiladi.
«Manchester Siti» asosiy tarkibi:
Djanluidji Donnarumma, Mateus Nunes, Ruben Diash, Mark Gexi, Rayan Ayt-Nuri, Rodri, Bernardu Silva, Niko O’Rayli, Antuan Semeno, Omar Marmush, Erling Xoland.
Zaxira:
Trafford, Reynders, Stounz, Sherki, Niko, Savino, Abduqodir Husanov, Foden, Lyuis.

«Nyukasl» ham ancha qiziq tarkib bilan chiqyapti: darvozada Poup, himoyada jamoa sardori Tripper, Xoll, Tiau va Byorn. Yarim himoyada Tonali, Gordon hamda Uillok jamoaning motor qismi bo‘ladi. Hujumda esa Elanga va Voltemade kabi tezkor variantlar bor, qo‘shimcha ravishda Remsi ham tarkibdan o‘rin olgan.
«Nyukasl» asosiy tarkibi:
Poup, Tripper, Xoll, Tonali, Gordon, Tiau, Elanga, Voltemade, Uillok, Byorn, Remsi.
Zaxira:
Raddi, Ramsdeyl, Joelinton, Barns, Osula, J. Myorfi, A. Myorfi, Shaxar, Niv.

Qisqasi, tarkiblar tayyor, intriga bor: «Siti»da zaxira ham «asosiy tarkib»dek ko‘rinadi, «Nyukasl» esa mehmonda ham xarakter ko‘rsatishga tayyor. Endi gap maydonda — kim birinchi «rejimni yoqsa», o‘sha kechani o‘ziniki qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!