Kivu Dyumfris va Chalhanog'lu qachon safga qaytishini aytdi

“Inter” bosh murabbiyi Kristian Kivu jarohat olgan himoyachi Denzel Dyumfris hamda yarim himoyachi Hakan Chalhanog'lu qachon jamoa mashg'ulotlariga qaytishini ma'lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kivuning aytishicha, Dyumfris ertadan boshlab jamoa bilan to'liq mashg'ulotlarga qo'shiladi va tarkib tanloviga tayyor bo'ladi. Chalhanog'lu esa, murabbiy fikricha, dushanba kuni yana mashg'ulotlarni boshlaydi.
Joriy mavsumda Dyumfris “Inter” safida barcha turnirlarda 15 uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol urdi. Niderlandiyalik futbolchi to'piq jarohatidan tiklanmoqda.
Chalhanog'lu esa bu mavsumda “Inter” tarkibida 23 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatma qayd etdi. Turkiyalik yarim himoyachi mushakdagi shikastlanishdan so'ng tiklanish jarayonini o'tamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!