Xyo'byerg ogohlantirdi Marsel bundan ko'prog'ini ko'rsatishi shart

Fransiyaning «Marsel» klubi navbatdagi mag'lubiyatni qabul qildi: jamoa chempionatda «Brest»ga 0:2 hisobida yutqazdi. Uchrashuvdan keyin sardor Pyer-Emil Xyo'byerg vaziyat bo'yicha keskin fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Daniyalik yarim himoyachi futbolchilar hozirgi holatda yanada jipslashib, maydonda bor imkoniyatini ishga solishi kerakligini ta'kidladi. «Hozir gap bilan emas, mehnat bilan javob berish vaqti. Mas'uliyatni o'zim zimamga olaman. Hozir qilayotganimiz yetarli emas — biz ko'proq ishlashimiz kerak», — dedi Xyo'byerg.
Eslatib o'tamiz, «Marsel» qisqa muddat ichida Chempionlar ligasidan chiqib ketdi va bosh murabbiy Roberto de Dzerbi bilan ham xayrlashdi. Hozir jamoaga Habib Beye rahbarlik qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing