Benjamin Pavard Marsel bilan xayrlashishi mumkin

Myunxenning Bavariya klubida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Benjamin Pavard Interdagi qiyin davrdan so‘ng ijara asosida Marsel safiga o‘tgan edi. Fransiyalik himoyachi o‘z vaqtida ushbu transferni katta loyiha deb atagan bo‘lsa-da, bugungi kunda uning kelajagi katta so‘roq ostida qolmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Mavsum boshida Roberto De Zerbi qo‘l ostida yaxshi natijalar qayd etgan Marsel hozirda inqirozga yuz tutdi. Jamoaning Yevropa chempionatlari yo‘llanmasi uchun imkoniyatlari kamayib borayotgani va moliyaviy muammolar sababli klub 15 million yevrolik sotib olish bandini faollashtirmoqchi emas.
Pavard joriy mavsumda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Biroq, himoyadagi beqaror o‘yin va xatolar klub rahbariyatini futbolchini yozda Milanga qaytarish qaroriga yaqinlashtirmoqda.
Borussiya Borussiya Dortmund klubi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Agar Pavard yozda erkin agentga aylansa yoki transfer narxi pasaysa, nemis klubi uni tarkibga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!