date

Blatter AQSH viza siyosatini JCHga tahdid deb atadi

Blatter AQSH viza siyosatini JCHga tahdid deb atadi

FIFAning sobiq prezidenti Yozeff Blatter 2026 yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionati oldidan AQSHning viza masalasidagi yondashuvini keskin tanqid qildi. Turnir AQSH bilan birga Kanada va Meksikada o'tkazilishi belgilangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Avvalroq Oq uy rahbari Donald Tramp 70 dan ortiq davlat fuqarolariga viza berishni vaqtincha to'xtatish bo'yicha farmon imzolagandi. Bu ro'yxatda mundial ishtirokchilari ham borligi ta'kidlanadi.

Blatterning fikricha, mezbon mamlakat xorijliklarga vizani bermasa, u yerda Jahon chempionatini o'tkazish mantiqsiz. U CBCga bergan intervyusida AQSHdagi bunday siyosat chet elliklarga nisbatan salbiy kayfiyatni kuchaytirayotganini aytdi.

Shuningdek, Blatter Donald Tramp va FIFA prezidenti Janni Infantinoning moliyaviy masalalarga ortiqcha e'tibor qaratayotganini ham tilga oldi. Uningcha, bu yondashuv muxlislar manfaatlari hisobiga bo'layotgani mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Blatter AQSH viza siyosatini JCHga tahdid deb atadi