date

Kivu Dimarkoni o'zidan ham kuchliroq deb baholadi

Kivu Dimarkoni o'zidan ham kuchliroq deb baholadi

Milanning «Inter» jamoasi bosh murabbiyi Kristian Kivu Federiko Dimarko haqida berilgan savolga javob qaytardi. Mutaxassis undan himoyachini o'zidan va avval «Inter»da to'p surgan Aleksandar Kolarovdan ustunroq deb hisoblaydimi, deb so'rashdi. Hozirda serbiyalik Kolarov Kivuning murabbiylar shtabida ishlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kivu hazil aralash ohangda Dimarkoning darajasi o'zinikidan yuqoriligini tan oldi, biroq Kolarovga baho berishga oshiqmadi: «Albatta, Dimarko Kivudan kuchliroq, ammo Kolarov haqida bunday deya olmayman — xafa bo'lib qolishi mumkin», — dedi u DAZN Italia nashriga.

Joriy mavsumda Dimarko barcha musobaqalarni qo'shib hisoblaganda 33 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning hisobida 6 ta gol va 15 ta golli uzatma bor.

Ayni paytda «Inter» A Seriya turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda: jamoa 26 turdan so'ng 64 ochko jamg'argan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kivu Dimarkoni o'zidan ham kuchliroq deb baholadi