Arteta "Tottenhem"ga qarshi o‘yin oldidan jamoasi haqida nimalar dedi?

Arteta "Tottenhem"ga qarshi o‘yin oldidan jamoasi haqida nimalar dedi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Mikel Arteta jamoasi atrofidagi tanqid, bosim va salbiy fonni Angliya Premer-ligasidagi normal holat, deb hisoblashini aytdi.
  • U futbolning katta sahnasida o'ynashni istaganlar bosimni qabul qilishi va tashqi shovqinga emas, ichki tartibga e'tibor qaratishi kerakligini ta'kidladi.
  • Ayni paytda "Arsenal" turnir jadvalida peshqadam bo'lib, "Manchester Siti" undan 2 ochko ortda bormoqda.
  • Londonliklar 22-fevral kuni "Tottenhem Xotspur"ga qarshi safar bahsida maydonga tushadi.

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoasi atrofidagi tanqid, bosim va “salbiy fon” haqida ochiq gapirdi. Mutaxassisga shogirdlarni turli gap-so‘zlardan qanday asrash mumkinligi so‘ralganda, u odatdagidek yumshatib o‘tirmadi: bu ligada shovqin — normal holat, hatto yo‘lning bir qismi.

Artetaning fikricha, bunday muhitda eng muhim savol shunday: sen shu bosimni xohlaysanmi yoki yo‘q? Agar yo‘q bo‘lsa, demak, futboldagi katta sahna senga mos emas — boshqa ish qil, boshqa joyga o‘t. Qisqasi, “katta o‘yin”da katta gaplar ham bo‘ladi. Shu nuqtada murabbiy jamoani ham, muxlislarni ham bir fikrga chaqirdi: tashqi shovqinni emas, ichki tartibni nazorat qilish kerak.

Bu gaplar bejiz emas. Angliya Premyer-ligasida chempionlik poygasi qizib turgan paytda har bir xato — mem, har bir g‘alaba — xayp. Ayni damda londonliklar turnir jadvalida peshqadam, ortdan esa "Manchester Siti" 2 ochkolik masofada siqib kelyapti. Demak, har tur — finalga o‘xshaydigan bosqich.

Eng qizig‘i, bugun 22-fevral kuni "Tottenhem Xotspur"ga qarshi safar bahsi bor. Derbi — o‘z-o‘zidan nerv. Bunday o‘yinlarda “menga yoqimli gapiringlar” degan rejim ishlamaydi: yo tayyorsan, yo yo‘q. Arteta aynan shu ruhni uqtiryapti — shogirdlariga qalqon qidirmay, xarakterni kuchaytirish kerak.

Murabbiyning bu chiqishi bir narsani ko‘rsatadi: “Arsenal” kelajakni hozirdan qattiq ushlab olmoqchi. Chempionlikka ketayotgan yo‘lda eng xavfli raqib ba’zan raqib jamoa emas — o‘zingdagi ikkilanish bo‘ladi. Shuning uchun Arteta shovqindan qochishni emas, unga to‘g‘ri munosabatni tanlayapti: maydonda ishni qilib qo‘y, qolganini “tablo”ning o‘zi aytadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar