date

Dik Advokat Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Dik Advokat Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi

Niderlandiyalik tajribali mutaxassis Dik Advokat Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Manbaga ko‘ra, 78 yoshli murabbiy qizining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab ishini muddatidan oldin yakunlashga majbur bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Advokat 2024 yildan buyon terma jamoani boshqarib kelayotgan edi. Uning qo‘l ostida Kyurasao JCh-2026 final bosqichiga yo‘l oldi. Mundal AQSh, Kanada va Meksikada o‘tkaziladi.

Advokat avvalroq Rossiya terma jamoasi hamda Sankt-Peterburgning «Zenit» klubida ham faoliyat yuritgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Dik Advokat Kyurasao terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketdi