date

Brunu Fernandesh MYUda qolishi uchun shart qo'ydi

Brunu Fernandesh MYUda qolishi uchun shart qo'ydi

Brunu Fernandeshning nomi so'nggi paytlarda transfer gap-so'zlarida tez-tez tilga olinmoqda. Portugaliyalik yarim himoyachi avvalroq, agar “Manchester Yunayted” uni sotishni istasa, bunga qarshilik qilmasligini aytib o'tgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

The Touchline nashri jurnalist Stiv Beytsga tayanib xabar berishicha, 31 yoshli Fernandesh klubda qolishni xohlaydi, biroq buning uchun jamoa keyingi mavsum Chempionlar ligasiga yo'llanma olishi kerak.

Ayni damda “Manchester Yunayted” Angliya Premyer-ligasi jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. “Qizil iblislar” dushanba kungi “Everton”ga qarshi uchrashuvda ochko olsa, to'rtinchi pog'onaga ko'tarilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Brunu Fernandesh MYUda qolishi uchun shart qo'ydi